«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

41-modda. Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining firma nomiga doir talablar

Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil etilgan sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilardan foydalanilishiga yo'l qo'yilmaydi, bundan sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining filiallari nomlari mustasno. Firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o'zgargan taqdirda, sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) va sug'urta brokeri ommaviy axborot vositalari orqali bu haqda sug'urta qildiruvchilarni xabardor qilishi, o'zi bajarayotgan, bir yildan ortiq muddatga mo'ljallangan shartnomalar bo'yicha esa yozma shaklda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat shaklida xabardor qilishi shart. «Sug'urta» atamasidan yoki bu atama qo'shib yasalgan so'z birikmalaridan faqat sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan firma nomida yoki tovar belgisida (xizmat ko'rsatish belgisida) foydalaniladi. Sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar «sug'urta» atamasini o'z firma nomiga kiritishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.