«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

38-modda. Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining), sug'urta brokerining hamda ularning alohida bo'linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga, ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushiga ega bo'lgan mulkdorlariga va benefitsiarlariga qo'yiladigan qo'shimcha talablar

(38-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Quyidagi shaxslar sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining), sug'urta brokerining hamda ularning alohida bo'linmalarining rahbari (bosh buxgalteri) etib tayinlanishi, shuningdek sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining), sug'urta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushiga ega bo'lgan mulkdori va benefitsiari bo'lishi mumkin emas: rahbar (bosh buxgalter) tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni tugatish to'g'risida sud tomonidan qaror qabul qilinishiga olib kelganligi haqidagi faktlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu yuridik shaxs bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan paytga qadar bir yil davomida yuridik shaxsning rahbari (bosh buxgalteri) bo'lgan; terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg'in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog'liq jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan. Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) va sug'urta brokerining ustav fondida (ustav kapitalida) ancha ulushga ega bo'lgan mulkdorlariga hamda benefitsiarlariga qo'yiladigan talablarni amalga oshirish mexanizmi, shuningdek sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) va sug'urta brokeri ustav fondining (ustav kapitalining) ancha ulushi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.