Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) va sug'urta brokerining rahbari quyidagi malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak:
oliy ma'lumotga ega bo'lish;
iqtisodiy, moliyaviy, yuridik ixtisoslikka ega bo'lgan mutaxassislar uchun sug'urta sohasida kamida uch yillik ish stajining (sug'urta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi;
boshqa ixtisoslikka ega bo'lgan mutaxassislar uchun sug'urta sohasida kamida yetti yillik ish stajining (sug'urta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi;
sug'urtaga oid qonunchilik hujjatlari bo'yicha yetarlicha bilimga va ijobiy ishchanlik obro'siga ega bo'lishi.
Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) va sug'urta brokerining bosh buxgalteri «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga hamda buxgalteriya va sug'urtaga oid qonunchilik hujjatlari bo'yicha yetarlicha bilimga va ijobiy ishchanlik obro'siga ega bo'lishga doir talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
36-modda. Sug'urtalovchining (qayta sug'urtalovchining) va sug'urta brokerining rahbariga va bosh buxgalteriga qo'yiladigan malaka talablari
(36-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.