«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

31-modda. Sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o'ziga xos xususiyatlari

Sug'urta qildiruvchi (sug'urtalangan shaxs, naf oluvchi) tomonidan sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish, muddatidan oldin tugatish uchun, sug'urta qoidalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) olish uchun elektron shakldagi axborotni (sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish, muddatidan oldin tugatish to'g'risidagi arizani, sug'urta hodisasi yuz berganligi haqidagi bildirishnomani, sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash to'g'risidagi arizani va (yoki) boshqa hujjatlarni) yaratish hamda jo'natish sug'urtalovchining Internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-saytidan, shuningdek mobil ilovalardan, elektron pochtadan va axborot almashishning boshqa usullaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Sug'urtalovchining rasmiy veb-saytidan ushbu axborot tizimining operatori bo'lgan sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvini ta'minlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanilishi mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun sug'urtalovchining rasmiy veb-saytiga kirishni sug'urta qildiruvchi (sug'urtalangan shaxs, naf oluvchi) identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimidan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Sug'urtani elektron shaklda amalga oshirish chog'ida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan yoxud elektron raqamli imzosiz taqdim etilgan elektron shakldagi axborot sug'urta shartnomasi, shu jumladan sug'urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan qaysi sug'urta shartnomasi (polisi) shartlariga sug'urta qildiruvchi ofertani (sug'urta shartnomasi tuzish taklifini) qabul qilish va sug'urta mukofoti to'lash orqali o'z roziligini bergan bo'lsa, o'sha sug'urta shartnomasi (polisi) shartlariga muvofiq qog'ozdagi hujjatga teng hujjat deb e'tirof etiladi. Ixtiyoriy sug'urtani amalga oshirish chog'ida sug'urta qildiruvchi (sug'urtalangan shaxs, naf oluvchi) va sug'urtalovchi o'rtasida elektron hujjatlardan foydalanishga doir talablar hamda elektron shaklda axborot almashish tartibi sug'urta qoidalarida va (yoki) mazkur shaxslar o'rtasidagi boshqa kelishuvda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.