Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
alohida bo'linma — sug'urtalovchining (sug'urta brokerining) Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali;
sug'urta — muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, tovonlar va boshqa to'lovlar to'lash uchun maqsadli pul jamg'armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar;
sug'urta badali — sug'urta mukofotining sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida to'lanadigan bir qismi;
sug'urta mukofoti — sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida to'lanadigan sug'urta uchun to'lov;
sug'urta summasi — muayyan summa bo'lib, sug'urtalovchi sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) sug'urta shartnomasi bo'yicha ushbu summa doirasida to'lash majburiyatini o'z zimmasiga oladi;
sug'urta tavakkalchiligi — taxmin qilinayotgan voqea bo'lib, ushbu voqea yuz bergan taqdirda sug'urta amalga oshiriladi;
sug'urta tarifi — sug'urta ob'yektini va sug'urta tavakkalchiligining xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadigan, shuningdek sug'urta shartlariga muvofiq sug'urta summasi birligidan olinadigan sug'urta mukofoti stavkasi;
sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) — sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qildiruvchiga, sug'urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sug'urtalangan shaxs uchun sug'urta summasi doirasida to'lanadigan pul mablag'lari summasi;
sug'urta turi — sug'urta tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta sug'urta klasslari doirasida ishlab chiqilgan va taqdim etiladigan aniq sug'urta xizmati;
sug'urta faoliyati — sug'urta bozori professional ishtirokchilarining sug'urtani va qayta sug'urtani amalga oshirish bilan bog'liq faoliyati;
sug'urta qiymati — agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta shartnomasini tuzish chog'ida taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadigan, sug'urtaga topshiriladigan mol-mulkning qiymati;
franshiza — sug'urta qildiruvchi zararlarining bir qismi bo'lib, sug'urta shartnomasiga muvofiq uning o'rni sug'urtalovchi tomonidan qoplanmaydi;
qayta sug'urta — sug'urta shartnomasi bo'yicha qabul qilingan sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash tavakkalchiligini boshqa sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) bilan tuzilgan qayta sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) tomonidan to'liq yoki qisman sug'urta qilish;
qayta sug'urtalovchi — boshqa sug'urta tashkilotidan qayta sug'urta qilish uchun sug'urta tavakkalchiliklarini qabul qiladigan sug'urta yoki qayta sug'urta tashkiloti;
qayta sug'urta shartnomasi — sug'urtalovchi o'zining sug'urta shartnomasiga doir barcha majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sug'urtalovchiga qaysi shartnomaga muvofiq o'tkazsa o'sha shartnoma.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
3-modda. Asosiy tushunchalar
(3-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.