«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

25-modda. Sug'urta syurveyerining huquq va majburiyatlari

Sug'urta syurveyeri: xizmatlar ko'rsatiladigan sug'urtalovchini yoki sug'urta qildiruvchini erkin tanlashga; sug'urta ob'yektini o'rganish uchun sug'urta qildiruvchidan yoki sug'urtalovchidan zarur axborotni so'rashga va olishga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug'urta ob'yektlariga daxldor bo'lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma'lumotlarni so'rashga va olishga haqli. Sug'urta syurveyeri qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Sug'urta syurveyeri: sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; sug'urta ekspertizasini o'tkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning but saqlanishini ta'minlashi; mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma'lumotlarning maxfiyligini saqlashi; qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga ko'ra taqdim etishi shart. Sug'urta syurveyerining zimmasida qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.