Adjaster sug'urtalovchining, sug'urta qildiruvchining va boshqa buyurtmachining topshirig'i bo'yicha quyidagi xizmatlarni ko'rsatadigan, o'z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo'lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir:
sug'urta hodisasi yuz berganidan keyin sug'urta ob'yektini ko'zdan kechirish va tekshirish;
sug'urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish;
sug'urta ob'yektining shikastlanish sabablarini va sug'urta hodisasi mavjudligini aniqlash;
sug'urta hodisasi mavjud bo'lgan taqdirda — sug'urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasini va zarar miqdorini aniqlash;
to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) summasini aniqlash;
sug'urta hodisasi bo'yicha xulosa tuzish.
Adjaster o'z faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Adjasterning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Adjaster o'z faoliyatini sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchi va boshqa buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster:
sug'urtalovchi sifatida sug'urta va qayta sug'urta operatsiyalarini o'tkazishga;
sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sug'urtalovchilarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga;
sug'urta qildiruvchining vakili sifatida sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) summasini olishga haqli emas.
Adjaster xizmati ko'rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, sug'urtalovchi undan zararlarning o'rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog'ida foydalanishi mumkin.
Adjasterning hisobotidagi xulosalar mustaqil sug'urta ekspertizasi jarayonida qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
20-modda. Adjaster
(20-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.