Sug'urta qildiruvchining nomidan va topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxs sug'urta brokeridir.
Sug'urta brokerining faoliyati sug'urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo'shib olib borilishi mumkin emas, bundan qayta sug'urta brokerining faoliyati mustasno.
Sug'urta brokeri sug'urtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas.
Sug'urta brokeri o'zi va sug'urta qildiruvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
15-modda. Sug'urta brokeri
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.