«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

13-modda. Sug'urtalovchi

Tegishli turdagi sug'urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan va sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) to'lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo'lgan yuridik shaxs sug'urtalovchi deb e'tirof etiladi. Sug'urtalovchilar sug'urtani amalga oshirish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.