«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

10-modda. Sug'urta (qayta sug'urta) sherikchiligi

Sug'urta (qayta sug'urta) sherikchiligi deganda sug'urtaning ayrim turlari yoki sug'urta tavakkalchiliklari bo'yicha sug'urta faoliyatini birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma asosida birgalikda amalga oshiruvchi sug'urtalovchilar birlashmasi tushuniladi. Sug'urta sherikchiligi o'z ishtirokchilarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, ular tomonidan miqdori bitta sug'urta tashkilotining o'z mablag'laridan (kapitalidan) oshib ketishi mumkin bo'lgan sug'urta tovonlari bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi hamda birgalikdagi sug'urta yoki qayta sug'urta printsiplari asosida faoliyat ko'rsatadi. Qayta sug'urta sherikchiligi sherikchilik a'zolari tomonidan qayta sug'urtani sug'urta shartnomasi bo'yicha ularda qoldirilgan mablag'laridan oshadigan qismi bo'yicha amalga oshirish orqali sherikchilik a'zolarining moliyaviy imkoniyatlarini ko'paytirish uchun tashkil etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.