«Sudlar to'g'risida»gi qonun

9-modda. Sudyalarning mustaqilligi

(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

Sudyalar mustaqildirlar, faqat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo'yicha hisobdor bo'lmaydi. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to'xtatib turishga, boshqa lavozimga o'tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko'ra yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.