Sudyalar malaka hay'atlari quyidagi masalalarni ko'rib chiqish uchun tuziladi:
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini to'xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini ta'minlash;
sudyaga malaka darajasini berish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o'tkazish bo'yicha ishlarni tashkil qilish;
sudyaning qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Sudyalar malaka hay'atlari O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko'maklashadi.
Sudyalar oliy malaka hay'ati O'zbekiston Respublikasi sudyalari qurultoyi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari sudyalarining malaka hay'atlari tegishli sudlar sudyalarining konferentsiyalarida besh yil muddatga saylanadi.
Sudyalar malaka hay'atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
80-modda. Sudyalar malaka hay'atlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.