«Sudlar to'g'risida»gi qonun

74-modda. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari

Sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay'ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin: odil sudlovni amalga oshirish chog'ida qonuniylikni buzganligi uchun; sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun; sudyalik sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiradigan hamda sudning obro'sini tushiradigan nojo'ya xatti-harakat sodir etganligi uchun; Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun. Sud qarorining bekor qilinishi yoki o'zgartirilishining o'zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo'l qo'ymagan bo'lsa, javobgar bo'lishiga sabab bo'lmaydi. Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.