«Sudlar to'g'risida»gi qonun

72-modda. Sud raisi, rais o'rinbosarining vakolatlari muddati

Sud raisi, rais o'rinbosarining vakolatlari muddati besh yil. Shaxs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais o'rinbosari lavozimini egallab turishi mumkin emas. Sud raisi, rais o'rinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat o'tgach tugaydi. Sud raisi, rais o'rinbosarining vakolatlari muddati o'tganligi yoki u tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning sudyalik vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom ettiradi, mazkur sudda bo'sh turgan sudyalik lavozimi bo'lmagan taqdirda, o'zining roziligi bilan sudyalik vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.