«Sudlar to'g'risida»gi qonun

67-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo'yiladigan talablar

O'ttiz besh yoshga to'lgan, oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo'lishi mumkin. Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo'lishi mumkin emas: jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs; ilgari sudlangan yoki o'ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo'yicha tugatilgan shaxs; chet davlat fuqaroligiga ega bo'lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo'lgan shaxs; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e'tirof etilgan shaxs; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs; sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaxs.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.