«Sudlar to'g'risida»gi qonun

63-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta'minlash

Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta'minlanadi: ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini to'xtatib turish va tugatish; sudyaning daxlsizligi; odil sudlovni amalga oshirishdagi qat'iy tartib-taomil; qarorlarni chiqarish chog'ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi; sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish bo'yicha faoliyatga aralashganlik va sudyaning daxlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik; sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta'minot berish. Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi. Sudya, uning oila a'zolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.