«Sudlar to'g'risida»gi qonun

50-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi rayosatining vakolatlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining rayosati: sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko'rib chiqadi; sudlov hay'ati faoliyati to'g'risidagi ma'ruzalarni eshitadi; tumanlararo ma'muriy sudlar raislarining qonunchilikni qo'llash amaliyoti to'g'risidagi ma'ruzalarini eshitadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.