O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari quyidagi ishlarni ko'radi:
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o'quv yig'inlarida bo'lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni;
harbiy qismlar, qo'shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining qo'mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da'volari bo'yicha fuqarolik ishlarini hamda harbiy boshqaruv organlari qarorlari, harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlar tufayli sudlar faoliyat ko'rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
qonun bilan o'z vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni;
davlat sirlariga taalluqli ishlarni.
O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko'rishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.