«Sudlar to'g'risida»gi qonun

38-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o'rinbosari

Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o'rinbosari: tegishli sudlov hay'ati ishini tashkil etadi; tegishli sudlov hay'ati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga tegishli sudlov hay'ati faoliyati to'g'risida ma'ruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o'rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o'rinbosari yo'qligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa o'rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.