«Sudlar to'g'risida»gi qonun

32-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi

Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o'rinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi: rayosat; Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati; Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati; Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.