O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko'rib chiqadi;
O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari raislarining sud faoliyati to'g'risidagi va qonunchilikni qo'llash amaliyoti haqidagi ma'ruzalarini eshitadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi;
ishlarni taftish tartibida ko'radi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
28-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari
(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.