«Sudlar to'g'risida»gi qonun

25-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o'z vakolatlariga kiritilgan masalalarni ko'rib chiqish

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko'rib chiqishi uchun masalalar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokurori qonunchilikni qo'llash masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tushuntirishlar berilishi haqida takliflar kiritishga haqli. Masalani ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining yoki buning uchun vakolat berilgan boshqa shaxsning ma'ruzasini eshitishdan boshlanadi. Masalaning muhokamasida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin. Qonunchilikni qo'llash masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirish berilgan qonunchilikni qo'llayotgan davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.