«Sudlar to'g'risida»gi qonun

2-modda. Sud tizimi

(2-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

O'zbekiston Respublikasida sud tizimi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo iqtisodiy sudlar; tumanlararo ma'muriy sudlardan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko'ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda tashkil etiladigan ixtisoslashgan sud mazkur Qonunda belgilangan sud tizimiga kirmaydi hamda uning faoliyati ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.