Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
sog'liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta'minlash;
sog'liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog'ini rivojlantirish;
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo'la olishini ta'minlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash;
sog'liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta'minlashning o'z manbalarini shakllantirish;
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta'minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog'lig'ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko'rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko'rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
sog'liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog'liqni saqlash muassasalarida ko'rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
nogironligi bo'lgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta'minlash;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta'limi berishni tashkil etish;
sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag'batlantiruvchi sharoitlar yaratish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
6-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi vakolatlari
(6-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Mahalliy hokimiyat organlari (viloyat, tuman, shahar hokimliklari) o'z hududida sog'liqni saqlash ishlarini boshqaradi. Ular tibbiy muassasalarni tashkil etadi, dori-darmonlar bilan ta'minlaydi, kasalliklardan himoya qiladi va odamlarning sog'lig'ini yaxshilash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshiradi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda ularning sog'liqni saqlash bo'limlari uchun belgilangan.
**Amalda**
Tuman hokimi o'z hududida yangi ambulatoriya qurishni buyuradi, dori-darmonlarni sotib oladi va fuqarolarni bepul tibbiy yordam bilan ta'minlaydi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olish uchun sanitariya-gigiyena tadbirlarini o'tkazadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.