Shifokor diplomini olayotgan shaxslar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
«Shifokor degan yuksak unvonni olib, tibbiyot faoliyatiga kirishar ekanman:
o'zimning bor bilim va mahoratimni bemorni davolashga hamda inson sog'lig'ini saqlashga bag'ishlashga;
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir bemorga kuch-g'ayratim va vaqtimni ayamay tibbiy yordam ko'rsatishga;
bemorning sog'lig'ini shaxsiy manfaatlarimdan yuqori qo'yishga, kamtar va halol bo'lishga, o'z bilim va mahoratimni doimo oshirib borishga;
shifokor sirini saqlashga;
kishilarga hamisha mehr-muruvvat va shifo topishlariga ishonch hadya etishga;
Buqrot, Abu Ali ibn Sino singari ulug' tabiblarning shonli an'analarini davom ettirishga tantanali qasamyod qilaman.
Ushbu qasamyodga umrimning oxirigacha sodiq qolishga qasamyod qilaman».
Shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
44-modda. O'zbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.