Atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan, ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish davlat sog'liqni saqlash tizimining ana shunday maqsadga mo'ljallangan muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
Atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamning turlari va hajmi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
33-modda. Atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.