«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

30-modda. Shoshilinch va tez tibbiy yordam

(30-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolar sog'liqni saqlash tizimining har qanday davolash-profilaktika muassasasida shoshilinch tibbiy yordam olish huquqiga ega. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishdan bo'yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladilar. Tez tibbiy yordam sog'liqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ko'rsatiladi. Fuqaroning hayoti xavf ostida bo'lgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega. Ichki ishlar organlari, yong'indan saqlash, avariya xizmatlari, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek boshqa kasb-kor vakillari tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar voqea sodir bo'lgan joyda qonunchilikka binoan zimmalariga yuklatilgan birlamchi shoshilinch yordamni ko'rsatishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.