Davlat sog'liqni saqlash tizimi, jamoat birlashmalarining muassasalari ko'rsatadigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tibbiy xizmat ko'rsatishning asosiy, qulay va bepul turi bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
eng ko'p tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni;
sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini o'tkazishni;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatish bilan bog'liq boshqa chora-tadbirlar ko'rishni.
Xususiy va boshqa xil sog'liqni saqlash tizimlarining muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shartnoma asosida amalga oshiriladi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam ko'rsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatishning hajmi va tartibini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
29-modda. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
(29-модданинг биринчи қисми биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 26 декабрдаги ЎРҚ-416-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 52-сон, 597-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.