Nogironligi bo'lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo'lgan bolalar va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy yordam olish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, dori vositalari, protez-ortopediya moslamalari, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta'minlanish, shuningdek kasbiy tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqiga ega.
Nogironligi bo'lgan shaxslar davlat sog'liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy-sanitariya yordamini olish, uyda parvarish qilinish huquqiga, o'zgalarning parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan yolg'iz shaxslar, surunkali ruhiy holati buzilgan nogironligi bo'lgan shaxslar esa nogironligi bo'lgan shaxslar va keksalar uchun mo'ljallangan internat uylarida yashash huquqiga ega.
Nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tartibi va ularga beriladigan imtiyozlar ro'yxati qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
22-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari
(22-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.