«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

16-modda. Fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqi

(16-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Kasal bo'lib qolganda, mehnat layoqatini yo'qotganda va boshqa hollarda fuqarolar profilaktik, tashxis qo'yish-davolash, kuch-quvvatni tiklash, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa xil yordamni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogironligi bo'lgan shaxslarni boqish-parvarishlash yuzasidan ijtimoiy chora-tadbirlarni, shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to'lashni o'z ichiga oladigan tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega. Tibbiy-ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar tomonidan ko'rsatiladi. Fuqarolar o'zlarini ixtiyoriy ravishda tibbiy sug'urta qildirish asosida, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag'lari, o'z shaxsiy mablag'lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo'shimcha tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. Fuqarolarning ayrim toifalari protezlar, ortopedik va moslama buyumlar, eshitish apparatlari, harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli tarzda ta'minlanish huquqiga ega. Bunday huquqqa ega bo'lgan fuqarolarning toifalarini, shuningdek ularni ta'minlash shartlari va tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Fuqarolar ixtisoslashgan sog'liqni saqlash, muassasalarida tibbiy ekspertizadan o'tish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.