Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o'z mablag'lari, jalb etilgan mablag'lar va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.
Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko'rsatadilar. Bunday xizmatlarning hajmi, ro'yxati, ularni ko'rsatish tartibi hamda kompensatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo'llanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo'yish hamda davolash vositalaridan foydalaniladi.
Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritishi hamda statistika ma'lumotlarini taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
10-modda. Sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.