Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo'lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq to'lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig'imlarni mustaqil ravishda to'laydi.
Soliqni to'lash soliqning to'liq summasi bo'yicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
Agar soliq bo'yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo'yicha joriy to'lovlar to'lanadi. Joriy to'lovlarni to'lash majburiyati soliqni to'lash bo'yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Alohida soliq turlari uchun bo'nak to'lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo'nak to'lovlarini to'lash majburiyati soliqni to'lash bo'yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to'laydi.
Soliqlar va yig'imlarni turlari bo'yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to'lash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn74-modda. Soliqlar va yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
74-modda soliq to'lovchining soliq summasini qanday hisoblashi va qachon to'lashi kerakligini tushuntiradi. Soliq to'lovchi o'zi soliq bazasi, stavkasi va imtiyozlardan foydalanib soliq miqdorini hisoblaydi. Soliq to'lash to'liq summa bo'yicha yoki qismlarga bo'lib to'lanishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha soliq to'lovchilar, soliq agentlari va yuridik shaxslar hamda yakka tadbirkorlarga tegishli.
Amalda
Savdo do'koni egasi yil davomida 100 million so'm daromad oldi. U soliq kodeksiga ko'ra 12% soliq stavkasini qo'llaydi. Soliq to'lovchi o'zi 12 million so'm soliqni hisoblaydi va uni har oy 1 million so'mdan bank orqali to'laydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.