Soliq kodeksi

480-modda. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar foyda solig'ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo'yicha to'laydi. Bunda foyda solig'ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to'lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Foyda solig'ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e'tirof etiladi. Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Foyda solig'i to'langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.