Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to'lovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to'lash tarzida olinadigan daromadlar bo'yicha belgilangan stavkalar bo'yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'laydi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to'lash bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko'rsatish bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
479-modda. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarga soliq solish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.