Soliq to'lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451¹-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Foydali qazilmalarning alohida turlari bo'yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo'lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to'lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo'yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e'tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Soliqni to'lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi
(XVIII бўлим Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.