Soliq kodeksi

450-modda. Soliq solish ob'yekti

(450-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo'limda soliq deb yuritiladi) solish ob'yekti quyidagilardir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik tsikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo'qotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo'lmaganda esa — soliq to'lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik tsikli doirasidagi yo'qotishlar texnologik yo'qotishlar deb e'tirof etiladi, xususan: foydali qazilmalarni qazib olish chog'idagi yo'qotishlar (bundan normadan ortiq yo'qotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo'lmaydigan zaxiralari); uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog'idagi yo'qotishlar; qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik tsikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. Soliq solish ob'yekti foydali qazilmaning har bir turi bo'yicha alohida aniqlanadi. Quyidagilar soliq solish ob'yekti bo'lmaydi: soliq to'lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo'jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro'yxati qonunchilikda belgilanadi; qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o'zanlarini tozalash va qirg'oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.