Soliq kodeksi

447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi

(447-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 июндаги ЎРҚ-1071-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.06.2025 й., 03/25/1071/0545-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 27 сентябрь)

Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi: dehqon xo'jaliklari uchun; qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga ega bo'lgan jismoniy shaxslar uchun; tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan, yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar uchun; 1 oktyabrga qadar qishloq xo'jaligi korxonalari uchun — qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliqlarni yetishtirish (o'stirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xo'jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to'g'risidagi axborot mavjud bo'lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste'moli normativlari bo'yicha aniqlanadi. Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste'mol qilish joyi bo'yicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo'jaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay; qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabridan kechiktirmay; O'zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay. Qishloq xo'jaligida, shu jumladan baliqchilik xo'jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari «Suv hisobi» axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning ma'lumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Soliq organlari soliq to'lash to'g'risidagi to'lov xabarnomasini dehqon xo'jaliklariga, shuningdek qishloq xo'jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan, yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslarga imzo qo'ydirib yoki, mavjud bo'lgan taqdirda, soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to'lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to'lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda soliq davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.