Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o'lchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/rSoliq to'lovchilar va soliq solish ob'yektlari1 kub metr uchun soliq stavkasi (so'mda)yer usti suv resurslari manbalariyer osti suv resurslari manbalari1.Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2-bandda ko'rsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan, yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar7499102.Elektr stantsiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari1181443.Qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliqlarni o'stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi yerlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar1071074.Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi16 05016 0505.Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi40 66040 660
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan:
suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo'llaniladi;
suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo'llaniladi;
baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo'llaniladi;
suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qo'llaniladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari:
soliq stavkasiga nisbatan 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar mustasno);
yuridik shaxslarning qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, lazerli tekislash lozim bo'lgan sug'oriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi bo'yicha soliq stavkalariga nisbatan 1,2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo'llashga haqli.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo'yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
445-modda. Soliq stavkalari
(445-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.