Soliq kodeksi

433-modda. Soliq to'lovchilar

(433-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo'jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini soliq to'lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to'lovchi deb yuritiladi) deb e'tirof etiladi. Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo'lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazadigan organlarda ro'yxatdan o'tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to'lanadigan ijara to'lovi yer solig'iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi tatbiq etiladi. Uy-joy, yashash uchun mo'ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo'yicha o'tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o'tgan yer uchastkalari uchun yer solig'i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo'rlardan undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.