Soliq kodeksi

43-modda. O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar

Soliq to'lovchining daromadlari O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O'zbekiston Respublikasining yurisdiktsiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa sub'yektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog'liq bo'lgan boshqa daromadlar O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi. Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qat'iy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo'lgan ulushi va O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo'lgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.