Quyidagilar soliq bazasidir:
qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo'yicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;
qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati;
davlat ko'chmas mulk ob'yektini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur ob'yekt egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur ob'yektga «tasarruf etish huquqisiz» belgisini qo'ygan holda davlat orderi berilgan bo'lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur ob'yekt bo'yicha sotib olish to'lovlarining to'langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Bunda soliqlar davlat ko'chmas mulk ob'yekti bo'yicha sotib olish to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafig Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo'mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
Yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to'lovchiga o'tgan bo'lsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e'tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e'tiboran kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga bo'lgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan e'tiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga bo'lgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan e'tiboran hisoblab chiqariladi (ko'paytiriladi).
Soliq to'lovchi soliq to'lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi bo'yicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo'lmaganda, soliq bazasi soliqni to'lash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
427-modda. Soliq bazasi
(427-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.