Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to'lovlar yer solig'i yoki yer uchun ijara to'lovi tarzda amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo'lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazadigan organlarda ro'yxatdan o'tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to'lanadigan ijara to'lovi yer solig'iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi tatbiq etiladi.
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig'i to'laydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
424-modda. Umumiy qoidalar
(424-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.