Soliq kodeksi

404-modda. Soliq bazasi

Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq to'lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O'zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to'lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan daromadlar bo'yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to'lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan xizmatlar ko'rsatishga doir shartnoma bo'yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo'lmagan summada belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.