Soliq kodeksi

399-modda. Rezidentlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida to'langan soliqni hisobga olish

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida to'langan, O'zbekiston Respublikasining rezidenti bo'lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summalari O'zbekiston Respublikasida soliq to'lashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi. Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo'yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.