Soliq agentlari o'zlarining soliq bo'yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) soliq davri tugaganidan keyin o'ttiz kun ichida — soliq organlariga to'lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma'lumotnomani;
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa — keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay;
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo'lgan, xodimlari 25 nafardan ortiq bo'lgan alohida bo'linmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida bo'linmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan soliq hisobotini — alohida bo'linmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo'lgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, o'zlarining yollanma xodimlariga oid mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan soliq hisobotini o'zi soliq bo'yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari
(389-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.