Soliq kodeksi

385-modda. Umumiy qoidalar

(385-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to'lanadi: 1) soliq to'lovchiga daromad to'laydigan soliq agentlari tomonidan; 2) soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda. Soliq to'lovchilarning alohida toifalari soliqni ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiya asosida to'lashni tanlashga haqli. Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq to'lovchilarga tatbiq etiladi: 3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a'zolariga; 4) «Hunarmand» uyushmasi a'zolari bo'lgan hunarmandchilik faoliyati sub'yektlariga. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan soliq to'lovchilar soliq to'lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: 1) tadbirkorlik sub'yektining davlat ro'yxatidan o'tkazilishi chog'ida tanlangan soliq to'lash tartibini ko'rsatish; 2) doimiy yashash joyi bo'yicha soliq organlariga joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to'lash tartibi to'g'risida bildirish xati taqdim etish. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan soliq to'lovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning aylanmadan olinadigan soliqni to'lashga roziligini bildiradi. Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin. Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o'tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to'lov manbaida ushlab qolinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.