Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi:
1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o'zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmasa — O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog'liq bo'lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo'yicha;
2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma'muriy-texnik xodimlari hamda ularning o'zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasa yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog'liq bo'lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo'yicha;
3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko'rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasa yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — o'z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo'yicha;
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmasa yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — o'z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo'yicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari — agar ular O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo'yicha.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.