Soliq kodeksi

376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar

(376-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq to'lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, quyidagilardan iborat: 1) soliq agenti tomonidan soliq to'lovchi manfaatlarini ko'zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to'lash, shu jumladan: soliq to'lovchining bolalarini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'qitish, tarbiyalash haqini to'lash; soliq to'lovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o'rnini qoplash qiymatini to'lash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yo'llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o'rnini qoplash qiymatini to'lash; soliq agentining soliq to'lovchi daromadi bo'lgan boshqa xarajatlarini to'lash; 2) soliq to'lovchining manfaatlarini ko'zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo'yicha berilgan mol-mulkning va ko'rsatilgan xizmatlarning qiymati; 3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq to'lovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o'rtasidagi salbiy farq; 4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yo'l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo'yicha beriladigan imtiyozlar summasi; 5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari; 6) soliq agenti tomonidan to'lovlar hisobiga to'lanib, soliq to'lovchidan ushlab qolinishi lozim bo'lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. Soliq to'lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq to'lovchi tomonidan soliq agentidan aktsiz to'lanadigan tovarlar yoki qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aktsiz solig'ining va qo'shilgan qiymat solig'ining tegishli summasi hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.