Soliq kodeksi

352-modda. Soliq agentlari deb e'tirof etiladigan shaxslar

Quyidagilar soliq agentlari deb e'tirof etiladi: 1) yuridik shaxslar, shu jumladan soliq to'lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar; 4) norezident bo'lgan yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari; 5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida ko'rsatilgan mol-mulkni oluvchi jismoniy shaxslar va O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari, bundan ushbu qismning 3-bandida ko'rsatilganlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.