Doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq hisobotini soliq hisobiga qo'yilgan joydagi soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
Doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq davrining yakunlariga ko'ra soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan muddatlarda, soliq hisobiga qo'yilgan joydagi soliq organiga O'zbekiston Respublikasidagi faoliyati to'g'risidagi hisobotni ham (ixtiyoriy shaklda) taqdim etadi.
Doimiy muassasaning faoliyati soliq davri tugaguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq bo'yicha soliq hisoboti va O'zbekiston Respublikasidagi faoliyati to'g'risidagi hisobot faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Soliqni to'lash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Norezident O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasa orqali faoliyatini tugatganda soliq bunday faoliyat tugaguniga qadar to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
349-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq to'lash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.